"Birdan jahlim kelganidan o'zimni boshqarolmadim"
Yaqinda Koreyada ota-onalar jamiyatida kichkina bolachalarni o'zining tuyg'u va hissiyotlarini boshqarish haqida o'zaro ko'p muhokama qilinayotganligini guvohi bo'ldim. Bola o'zining hissiyot va tuyg'ularini nazorat qila olishi bu miya faoliyatiga ijobiy ta'sir o'tkazar ekan.
Demak, inson nima uchun yig'layotganligi yoki jahli chiqayotganligini avval idrok eta olish orqali o'zining his tuyg'ularini boshqara olar ekan. Insonning hissiyot va tuyg'ulari bo'yicha miyaning ikkita qismi alohida ishlarkan, ya'ni bittasi hissiyotlarga mas'ul bo'lsa, ikkinchisi, o'sha hissiyotlarni idrok etishiga ma'sul ekan. O'sha miyaning ikki qismi bir-biriga hujayralar orqali ulansa, odam o'zini nazorat qila oladi. Rasmda ko'rsatilganidek, odam miyasi 3 qismli funksiya asosida ishlaydi, ya'ni 1-qavatida 'omon qolishga mas'ul funksiyasi, 2-qavatida 'hissiyot va tuyg'ularga mas'ul funksiyasi, 3-qavatda fikrlash, idrok etishga mas'ul funksiyasi ishlaydi.
Inson kichkinaligidan shuni ustida mashq qilsa, miyasi ancha faollashib qoladi. Agar odam jahli chiqqanda birdan "olov" bo'lishdan oldin, o'sha jahli nima uchun chiqqanligini anglasa, o'zining his-tuyg'usini qo'lga ola oladi. Masalan, sizni kimdir nohaq so'ksa, ichingizda "o'sha odam meni nohaq so'kayotganligi uchun jahlim chiqyapti" deb hissiyotingizni tan olib, idrok eta olganingizdan so'ng, hissiyotingiz ustidan o'zingiz hukmronlik qilasiz va mantiqiy yo'lni topishga harakat qilasiz. Inson huquqlari idorasi, militsiya yoki shifoxonaga, ya'ni psixatriya bo'limiga o'sha odamning ustidan shikoyat qilishni o'ylaysiz hamda isbotni topishga vaqtdan unumli foydana olasiz. Ko'pchilikdan eshitamiz, "birdan jahlim kelganidan o'zimni yo'qotib qo'ydim yoki nima qilayotganimni o'zim ham bilmayman" deydiganlarni...

Xullas, hissiyotlarni boshqara olish bu miya fuknsiyasining faol ishlayotganligidan dalolat beradi. Agar unday bo'lmasa ham, qanday boshqarish yo'lini bilsa, miya yana faollashni boshlaydi va bunga hech qachon kech bo'lmaydi.
O'sayotgan yosh bolalar ana shu hissiyotlarini idrok etmasdan katta bo'lishsa ,katta bo'lgan taqdirda ham, ya'ni 40, 50, 60 yoshlarda ham o'zini boshqara olmas ekan. Shuning uchun yoshlikdan hissiyot va tuyg'ular haqida bilish kerak ekan. Bilamizki, hissiyot va tuyg'ularga g'azab qilish, xursand bo'lish, xafa bo'lish, yig'lash va hokazolar kiradi.
Bizda afsuski, bola yig'lasa, uni nima uchun yig'lashiga hamdard bo'lish emas, bolaning o'zidan so'ramasdan uni jim bo'lishiga urinish, agar aka-uka urushib, akasi jahl qilsa, akasinig nima uchun jahl qilayotganligini so'rash emas, balki "sen akasanku, sen kattasanku jim o'tir, ukang kichkina" deb bolaning hissiyotlarini hatto o'zi anglashiga ham yo'l qo'ymaymiz va shu jarayonda ko'pchiligimiz ulg'ayib kelayapmiz.
Shunday tarbiya berib kelib, bola katta bo'lganda "jahl kelganda aql ketadi", "o'zingni bosib ol" deb nasihat qilsak ham, u gaplarni foydasi bo'lmay qoladi.
Aslida, odamning jahli chiqishi, uning hissiyotlarga mas'ul bo'lgan miya qismi o'z ishini qilayotganligidan dalolat beradi, qayta yosh bolalar jahli chiqib, yig'lasa xursand bo'lib, undan masalan, "ukang o'yinchog'ingni buzganligi uchun jahling chiqayapti ekanda, seni to'g'ri tushunaman, sening o'rningda meni ham jahlim chiqardi", deb uni hissiyotini o'zi idrok etishiga yordam berib, keyin variantlarni birga o'ylab chiqishsa, bola miya faoliyatining rivojlanishiga yordam bo'ladi.
Maqola ustida A.Shahnoza ishladi.
Assalom alaykum. Maqola yaxshi lekin, Koreadagi ko'p ijtimoiy munosabatlar, jumladan oilaviy munosabatlar, ota-ona, ota-ona va farzand munosabati haqida biz ibrat oladigan holat 95%yo'q.Aksincha, bizni o'zimiz dasturul amal qilib olishimiz mumkin bo'lgan qancha yaxshi kitoblar yozilgan. Afsuski,amal qilmaydigan odam bb ketdik.Vaholanki, birgina "Baxtiyor oila" kitobida qanchalik foydali.
ОтветитьУдалить