Janubiy Koreyaga islom dinining kirib kelish tarixi va islom dinini qabul qilgan koreyslar.
Hozirgi vaqtda Janubiy Koreyada islomni qabul qilgan koreys fuqarolar umumiy aholining atigi 0.2 foizini tashkil qiladi. Biroq, shunga qaramay, Janubiy Koreya Respublikasi musulmon mamlakatlaridan sayyohlarni ko'proq jalb etishga harakat qilmoqda, shu bois restoranlarda halol sertifikatlar soni va ibodat xonalar soni ortib bormoqda. Janubiy Koreyada umumiy miqdorda 15ta katta masjid va 60ta ibodat xonalari mavjud bo'lib, ibodat xonalar asosan aeroport, universitet va yirik xarid qilish markazlarida joylashtirilgan. Koreyadagi eng yirik markaziy masjid bu Itevondagi Seul Markaziy Masjidi hisoblanib, 1976-yilda Janubiy Koreya hukumati Saudiya Arabiston, Malayziya hamda bir necha musulmon davlatlar bilan hamkorlikda masjid qurilishiga berilgan xayriya asosida Janubiy Koreyadagi birinchi qurilgan masjidlardan sanaladi.
Tarixan, uzoq vaqtdan beri Koreya yarimoroli musulmon dunyosi bilan yaqin aloqada bo'lgan, ayniqsa Buyuk Ipak Yo'li davridan boshlab, arab savdogarlari dengiz va Yevrosiyo qit'asi bo'ylab, Koryo, Pekche, Shilla va keyinchalik Choson davlatlarigacha borib, savdo aloqalarini o'rnatib kelishgan. Koreyslar islomni 1950-1953 yillardagi Koreya urushida ishtirok etgan BMT kuchlari bilan birga kirib kelgan turkiyalik askarlar orqali yangitdan tanishdilar. O'sha yillarda, taxminan 15,000 turklar ixtiyoriy ravishda janubiy koreyaliklar tomonida turib, jang qilish uchun Koreya yarimoroliga yordam uchun safarbar etilgan. O'shandan beri, ularning ayrimlari J. Koreyada qolib ketib, hozirgacha saqlanib turgan kichkina turklar hamjamiyatini tashkil qilishgan. Urush paytida turklar, faqat turklar uchun mo'ljallangan "chodir masjidi"ni qurgan, biroq vaqt o'tib, koreys askarlari ham 'chodir masjidi'ga kelib, islom dinini qabul qila boshlagan, bu albatta XX asrdagi Janubiy Koreya davlatida islom dini qayta tanilgan davrlardan biri bo'lgan.
ISLOM DININI QABUL QILGAN KOREYSLAR
10 yil davomida Seul Markaziy Masjidida mijozlar masalasi bilan shug'ullanadigan ish boshqaruvchisi va menejer sifatida ishlagan Safiya Kan, 2015-yilda islom dinini qabul qilishga qaror qilgan. "Avvaliga, ko'p do'stlarim singari, islom haqida juda kam ma'lumotga ega bo'lib, uni asosan 11-sentyabr Amerikada bo'lib o'tgan terakt bilan tasavvurimga bo'g'lar edim. Biroq vaqt o'tib, men Olloh va uning rasuli, Muhammad payg'ambar(S.A.V.) hamda islom dini haqida ko'proq bilmoqchi bo'ldim. Men islomda haqiqat borligiga ishonganim uchun islomni qabul qilishga qaror qildim ", deydi Safiya.
Safiya pishirgan halol koreys ovqatlarini sevib yeydigan oilasi hamda xristian turmush o'rtog'ining uni islom dinini qabul qilishiga qarshilik qilmay, tushunishlariga qaramasdan, Safiya Seul ko'chalarida yurganida faqatgina maxsus kun va vaziyatlarga hijob kiyishini aytdi. Safiya shunchaki hijobli kiyimda yurganida ko'p kishi e'tiborini o'ziga tortishini, ya'ni koreyslarning unga tikilib qarashlarini yoqtirmayman, deydi. Islomni qabul qilgan bo'lsa, ham haligacha o'z shaxsining bir necha tomonlari o'rtasida bir muayyan muvozanatni izlash jarayonida ekanligini aytdi, ya'ni inson, ayol, koreys ayoli va muslima ayoli. "Men o'zimni muslima ayol qiyofasidan ko'ra koreys ayoli qiyofasida erkinroq tutaman, ammo men atigi bir insonman, tuyg'u va fikr-qarashlarim o'zgarishiga moyil shaxsman", deydi u.
Mustafo Li Dong Cho 1975-yil may oyida Yaqin Sharq mamlakatlariga ishlashga ketgan janubiy koreyalik mehnat muhojiri sifatida Saudiya Arabistondagi qurilish maydonlarida ishlagan. U islomni o'sha paytda qabul qilgan. 1981-yilda Koreyaga qaytib kelib, shu kunning o'zidayoq ismini Mustafo deb o'zgartirgan.
Ola Bora Son (Instagram @olaborasong) - islom dinini 2007-yilda qabul qilgan koreyalik ayollardan biri, aynan o‘sha 2007-yilda Afg'onistonda bir necha koreys fuqarolari hibsga olingan bir davr bo'lgan. "O'sha yillar ba'zi yo'lovchilar meni ko'chada ko'rib qolsalar, "o'z yurtingga jo'nab ket", deb qichqirardilar, boshqalar esa, "kiygan kiyimi ostida bomba yashirib yuribdi", deb pichirlab o'tardilar, koreyslar Koreyada yurgan chet ellik musulmonlarga nisbatan unchalik e'tiroz bildirmasalar-da, lekin koreys fuqarosi islomni qabul qilgan bo'lsa, ular uchun bu katta vahima hisoblanadi, sababi hozirgi kungacha J. Koreya ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilayotgan axborotlar koreys fuqarolari ongiga islom haqidagi notog'ri tushuncha, stereotiplarni ta'sir o'tkazmasdan qo'ymaydi", deydi Bora. Ayni paytda Bora Seul Markaziy Masjidida ishlab, koreyalik xristianlar va islom haqida bilmoqchi bo'lganlarga islom haqida ko'plab ma'ruzalarni olib boradi. "Men ham bir vaqtlar ular kabi nomusulmon edim, ularning islom haqidagi no'to'gri tushuncha va qarashlarini juda yaxshi tushunaman, shuning uchun men ularga islom bu tinchlik va hurmatga sazovor din ekanligi haqida to'liq ma'lumot berishni istayman", deb ta'kidlaydi Bora. Asosan 1000dan 2000nafargacha kishi uning ma'ruzasida ishtirok etadi. "Ma'ruzalardan keyin oldin islomga qarshi bo'lgan ba'zi bir kishilar oldimga kelib, oldin islom haqidagi ma'lum bir narsalarni tushunmagani va bilmagani uchun uzr so'raydilar", deydi Bora.
Bundan tashqari, Bora 140 mingdan ortiq muxlislari bo'lgan va Osiyodagi ko'plab musulmonlarga ilhom manbai bo'lgan bir instagram yulduzi hamdir. Koreyada asosan tashqi go'zallik juda muhim rol o'ynagani uchun Bora shaxsiyatining ikki tomonini ko'rsatadigan, ya'ni koreyalik ayol hamda muslima ayolligini ramziy tomonini ko'rsatadigan har xil rangli ro'mollari bilan rasmga tushishni yaxshi ko'radi.
Koreyalik muslima ayollarning yana bir vakili hozirgi kunda Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi rassom Muna Hyonmin Be (Instagram @mhmbae). U o'zining san'ati orqali odamlarga Koreya madaniyati bilan islom dinining o'xshash tomonlarini ko'rsatishga harakat qilib kelmoqda. Boshida islom dinini qabul qilgan paytda yolg'izlanib, odamlardan ajralib qolaman degan hissiyot uni tark etmagan. Biroq, keyinchalik "Men sunnatni va hadislarni chuqur o'rganayotgan bir paytda, islom dinidagi menga tanish bo'lgan odatlar e'tiborimni tortdi, chunki onam menga yoshlikda o'rgatgan, ya'ni ota-onamdan o'rgangan aynan o'sha odatlarni islom dinida ham kora boshladim", deydi Muna Hyonmin Be. Ushbu turdagi aloqa va o'xshash parallel qirralarni hozirgi kunda o'z asarlari orqali namoyish etishga harakat qilmoqda, ularning aksariyati hanbok (Koreya milliy kiyimi)ni kiygan koreys ayollari orqali namoyish etilmoqda.
Material ingliz tilidagi "Al-Jazira" va "Mvslim.com" veb-saytlari asosida ishlab chiqilgan.
Maqola quyidagi linkdan rus tilidan o'zbek tiliga tarjima qilindi
http://istory.kz/22079/korejtsy-prinyavshie-islam-istoriya-islama-v-yuzhnoj-koree
Anton Sokolin maqolasi
A.Shahnoza tarjimasi










Комментарии
Отправить комментарий