Сообщения

Сообщения за февраль, 2023

"Birdan jahlim kelganidan o'zimni boshqarolmadim"

Изображение
  Yaqinda Koreyada ota-onalar jamiyatida kichkina bolachalarni o'zining tuyg'u va hissiyotlarini boshqarish haqida o'zaro ko'p muhokama qilinayotganligini guvohi bo'ldim. Bola o'zining hissiyot va tuyg'ularini nazorat qila olishi bu miya faoliyatiga ijobiy ta'sir o'tkazar ekan.    Demak, inson nima uchun yig'layotganligi yoki jahli chiqayotganligini avval idrok eta olish orqali o'zining his tuyg'ularini boshqara olar ekan. Insonning hissiyot va tuyg'ulari bo'yicha miyaning ikkita qismi alohida ishlarkan, ya'ni bittasi hissiyotlarga mas'ul bo'lsa, ikkinchisi, o'sha hissiyotlarni idrok etishiga ma'sul ekan. O'sha miyaning ikki qismi bir-biriga hujayralar orqali ulansa, odam o'zini nazorat qila oladi. Rasmda ko'rsatilganidek, odam miyasi 3 qismli funksiya asosida ishlaydi, ya'ni 1-qavatida 'omon qolishga mas'ul funksiyasi, 2-qavatida 'hissiyot va tuyg'ularga mas'ul funksiyasi...