Janubiy Koreyaga islom dinining kirib kelish tarixi va islom dinini qabul qilgan koreyslar.
Hozirgi vaqtda Janubiy Koreyada islomni qabul qilgan koreys fuqarolar umumiy aholining atigi 0.2 foizini tashkil qiladi. Biroq, shunga qaramay, Janubiy Koreya Respublikasi musulmon mamlakatlaridan sayyohlarni ko'proq jalb etishga harakat qilmoqda, shu bois restoranlarda halol sertifikatlar soni va ibodat xonalar soni ortib bormoqda. Janubiy Koreyada umumiy miqdorda 15ta katta masjid va 60ta ibodat xonalari mavjud bo'lib, ibodat xonalar asosan aeroport, universitet va yirik xarid qilish markazlarida joylashtirilgan. Koreyadagi eng yirik markaziy masjid bu Itevondagi Seul Markaziy Masjidi hisoblanib, 1976-yilda Janubiy Koreya hukumati Saudiya Arabiston, Malayziya hamda bir necha musulmon davlatlar bilan hamkorlikda masjid qurilishiga berilgan xayriya asosida Janubiy Koreyadagi birinchi qurilgan masjidlardan sanaladi. Tarixan, uzoq vaqtdan beri Koreya yarimoroli musulmon dunyosi bilan yaqin aloqada bo'lgan, ayniqsa Buyuk Ipak Yo'li davridan boshlab, arab sa...